Oltinko‘l tumani hokimi vafot etdi

Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev vafot etdi. Marhum pnevmoniya sabab omonatini topshirgani aytilmoqda.
N. O‘rinboyev 2018-yilning oktyabr oyida Olinko‘l tumani hokimi etib tayinlangandi. Undan avval Andijon viloyati Davlat texnika nazorati inspeksiyasi boshlig‘i, 2014-2017- yillar esa viloyat ichki ishlar boshqarmasida mas’ul vazifalarda faoliyat yuritgan.
«Xabar.uz» marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter