Olmaliqdagi g‘isht zavodi 5 mingga yaqin xonadon iste’moliga to‘g‘ri keladigan gazni noqonuniy yoqib yubordi
Energetika vaziri boshchiligidagi maxsus shtab tomonidan 8-dekabrdan 9-dekabr kuniga o‘tar kechasi Toshkent viloyatidagi yuridik iste’molchilarning tabiiy gazdan foydalanish holati bo‘yicha tungi nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda Toshkent viloyatida Olmaliq shahridagi «Olmaliq g‘ishtchi» MChJ 10 kun ichida 5 mingga yaqin xonadonning bir kunlik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Holat yuzasidan barcha hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Olmaliq shahar prokuraturasiga topshirildi.
Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter