Olimlar yangi magnit bo‘roni haqida ogohlantirmoqda
22–26-noyabr kunlari Yerda G1 darajadagi magnit bo‘roni kutilmoqda, deb xabar bermoqda ria.ru nashri.
Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti ma’lumoti berishicha, 22-26-noyabr kunlari G1 (zaif) darajadagi yangi magnit bo‘roni kutilmoqda. Prognozga ko‘ra, 22-, 24- va 25-noyabrda Yerda zaif magnit bo‘roni (G1 darajasi) kuzatiladi, 23- va 26- noyabrda bo‘ron zaiflashadi.
Magnit bo‘ronlarning kuchi besh balli shkala bo‘yicha baholanadi. G1 darajasidagi bo‘ron eng zaif hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: Quyosh chaqnashlari Yerda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa o‘z navbatida energiya tizimlarida uzilishlarga olib keladi va qushlar, hayvonlarning migratsiya yo‘llariga ham ta’sir qiladi. Kuchli bo‘ronlar qisqa to‘lqinli aloqa va navigatsiya tizimlarining uzilishiga, shuningdek, sanoat tarmoqlarida kuchlanishning buzilishiga olib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter