Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oilaviy janjal sabab ayol o‘zini kanalga tashladi

Oilaviy janjal sabab ayol o‘zini kanalga tashladi

Foto: Toshkent viloyati matbuot xizmati

Toshkent viloyatida oilaviy janjal sabab ayol o‘zini «Bo‘zsuv» kanaliga tashladi. Bu haqda Toshkent viloyati matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 24-avgust kuni soat 16:30larda 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro N.K. turmush o‘rtog‘i, 1989-yilda tug‘ilgan F.J. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Oilaviy mojaro sabab ayolning jahli chiqib, Chirchiq shahar Zakovat ko‘chasidagi «Bo‘zsuv» kanali ustidagi ko‘prikdan o‘zini suvga tashlagan.

Ushbu holatni ko‘rgan atrofdagi fuqarolar zudlik bilan Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 8-yong‘in-qutqaruv qismiga xabar berishgan. Voqea joyiga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, N.K.ni qutqarib qolishgan.

«Voqea joyiga yetib kelgan tez-tibbiy yordam xodimlari tomonidan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda fuqaro N.K.ning ahvoli yaxshi», deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring