Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ochilboy Ramatov metro qurilishidagi o‘pirilish bo‘yicha surishtiruv boshladi

Ochilboy Ramatov metro qurilishidagi o‘pirilish bo‘yicha surishtiruv boshladi

Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yo‘nalishi qurilishida avariya sodir bo‘lgani, yer o‘pirilishi oqibatida bir necha kishi tuproq ostida qolgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berib o‘tilgan edi. Kurbanoff.net tomonidan qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilindi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va Transport vaziri Ochilboy Ramatov tomonidan holatga doir xizmat surishtiruvi boshlangan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi X. Xosilov voqea joyida bo‘lib turibdi. Hodisa sabablari va ehtimoliy jabrlanganlar haqida ma’lumot to‘planib, yuzaga kelayotgan masalalar operativ hal qilinyapti.

Yaqin vaqtlar ichida baxtsiz hodisa bo‘yicha jamoatchilikka ma’lumot berilishi kutilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring