Nukusdagi restoranda «didjey» do‘pposlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Nukusdagi restoranlarning birida uch kishi restoran xodimini turli xil qattiq jismlar bilan do‘pposlashgani haqida video tarqaldi. IIV huzuridagi Tergov departamenti holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 9 mart kunidan 10 mart kuniga o‘tar kechasi soat 00:30 larda Nukus shahri «Almazar» MFY.da joylashgan «Las-Vegas» nomli restoranida musiqachi bo‘lib ishlovchi 22 yoshli Iskandar Q. ning yoniga mijoz — 31 yoshli Alisher A. mast holatda kelib qo‘lidagi mikrofonini so‘ragan vaqtida rad javobini olgach, sheriklari — 34 yoshli Gafur Q., 33 yoshli Sultan A.lar bilan uni urib do‘pposlashgan. Natijada Iskandar Q. olgan jarohatlari sabab shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Nukus shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va tergov jarayonida har bir fuqaroning xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter