Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiylik ayol nima uchun o‘zi va uch nafar qizchasi joniga suiqasd qilganiga oydinlik kiritildi

Navoiylik ayol nima uchun o‘zi va uch nafar qizchasi joniga suiqasd qilganiga oydinlik kiritildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Yaqinda Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi «Sovungar» mahallasida yashovchi ayol o‘zi va farzandlarining joniga suiqasd qilgani bilan bog‘liq holat haqida xabar qilgan edik.

Ushbu hodisa sabablarini o‘rganish maqsadida Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Kadirxanova  Navoiy viloyati hokimligiga xat bilan chiqdi. 

Aniqlanishicha, 1989 yilda  to‘g‘ilgan Z.Jabborova va uning farzandlari poyezd ularga yaqinlashib kelgan vaqtda temir yo‘l iziga yugurib chiqib, ikkita rels orasiga yotib olganligi natijasida yuk poyezdi ularni urib yuborgan.

Nima sababdan ayol farzandlarini joniga suiqasd qilgan degan savol qo‘mita raisi M.Kadirxanovani befar qoldirmadi.

Fuqaro Z. Jabborovaning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlashilganda, oilaviy sharoiti moddiy jihatdan o‘rtaholligi, so‘nggi vaqtlarda u bilan turmush o‘rtog‘i O.Ro‘ziyev «Sen o‘g‘il farzand tug‘maysan» deb janjallashib turganligi sababli, uning ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lganligi, lekin qolgan oila a’zolari yoki boshqa shaxslar bilan kelishmovchilikka bormaganligi, ruhiy jihatdan sog‘lomligi, yaqin qarindoshlari orasida ruhiy kasallik belgilari mavjud bo‘lganlar yo‘qligi aniqlangan.

Ushbu mahalla patronaj hamshirasining bergan ma’lumotiga  ko‘ra, fuqaro Z.Jabborova 2021 yilning yanvar oyida homiladorligi tufayli murojaat qilgan. U tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda ushbu homila ham qiz ekanligi aniqlangan. Natijada ayol o‘z xohishi bilan homilasini oldirib tashlagan.

Bundan tashqari, fuqaro Z.Jabborova oilasidagi kelishmovchilik yuzasidan biror marotaba MFY xodimlariga yoki tuman IIB profilaktika inspektoriga murojaat qilmaganligi aniqlandi.

Ayni vaqtda Navoiy transport prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring