Navoiyda Yoshlar yetakchisi o‘z joniga qasd qildi
Joriy yilning 26-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, «Sheyxon» mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan Yoshlar yetakchisi nega o‘zini osib qo‘ydi» nomli maqola tarqatildi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning 19-oktyabr kuni Qiziltepa tumani, «Sheyxon» mahallasida «Yoshlar yetakchisi» vazifasida ishlab kelgan, 1989-yilda tug‘ilgan K.Z o‘z yashash xonadonida o‘z joniga qasd qilib vafot etgan.
Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan va K.Z ga tegishli 1 dona shaxsiy uyali telefon hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tomonidan xizmatda foydalanish uchun berilgan 1 dona «Samsung» rusumli planshet va ishga aloqador boshqa ashyolar tekshirib ko‘rish uchun protsessual tartibda olingan.
Ushbu holat yuzasidan Qiziltepa tuman prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish davomida marhumaning onasi S.R va ishga aloqador shaxslarning barcha vajlari tekshirilgan va natijasiga ko‘ra, K.Zning o‘z joniga qasd qilib vafot etganligi holatida «Sheyxon» mahallasi xodimlari va boshqalarning harakatida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan.
Tekshirish natijasiga ko‘ra, voqea joyidan olingan uyali aloqa vositalari K.Z.ning onasi S.R.ga tilxat asosida topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter