Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan mast haydovchi voqea joyidan qochdi

Navoiyda piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan mast haydovchi voqea joyidan qochdi

Foto: Navoiy viloyati IIB

Joriy yilning 2-aprel kuni  fuqaro N ismli shaxs «Matiz» avtomashinasini  «Samarqand-Buxoro» yo‘nalishi bo‘ylab boshqarayotgan vaqtida 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro D.ni avtomashinani o‘ng old tomoni bilan urib yuborib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan. Haydovchi piyodaning og‘ir jarohat olganiga qaramay voqea joyidan yashiringan. Natijada, fuqaro D olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli voqea joyida vafot etgan.

Navoiy viloyati IIB ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi mast holatda bo‘lgan, transport vositasi o‘ziga tegishli bo‘lmagan hamda odam o‘limiga sabab bo‘lib voqea joyidan yashiringan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring