«Navoiyazot»da yuz bergan insident haqida rasmiy xabar berildi
Kecha tunda ijtimoiy tarmoqlarda «Navoiyazot» zavodida portlash yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati yuz bergan hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, aksiyadorlik jamiyatidagi faoliyati to‘xtatilgan 14-sex hududida joriy yilning 9 iyun kuni soat 22:55da atsetilen kollektorida ehtiyotlovchi membrana ishlab ketganligi va gaz chiqishi ko‘rinishidagi nosozlik yuzaga kelgan.
«Bu nosozlik natijasida atrofdagi hech bir bino, inshoot va kommunikatsiyalarga shikast yetmagan. Jabrlanuvchilar yo‘q. Atrof muhit va ekologiyaga, qolaversa, aholiga zarar yetkazuvchi oqibatlar mavjud emas. Insident sabablari va sharoitlari o‘rganilmoqda», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter