«Navoiyazot» Raqobat qo‘mitasini sudga berdi
Bir muddat oldin Raqobat qo‘mitasi «Navoiyazot» AJga nisbatan mineral o‘g‘itlarni birja orqali realizatsiya qilishda manipulyasiya holatlarini sodir etganligi bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan edi.
Unda korxona bozorda sun’iy taqchillik yaratish evaziga 20,5 mlrd so‘m ishlab olgani aytilgan.
«Navoiyazot» AJ mazkur qaror va ko‘rsatma ustidan Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat qilgan.
Raqobat qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, korxona suddan Qo‘mitaning mazkur qaror va ko‘rsatmasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
«Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining 2024-yil 23-iyuldagi hal qiluv qarori bilan «Navoiyazot» AJning shikoyati rad etildi», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter