«Navoiyazot» mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Joriy yilning 4-sentyabr kuni Karmana tumani hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi qirg‘oqlarida baliqlarning ko‘plab nobud bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.
Navoiy viloyati prokuraturasi mazkur holat yuzasidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasini e’lon qildi.
Aniqlanishicha, 2022-yilning 4-5-sentyabr kunlari «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 1-tashlanmasi (267-sonli quduq) orqali Zarafshon daryosiga me’yoridan ortiq darajada ifloslangan suvlar oqizilayotganligi natijasida daryodagi 2 mlrd. 613 mln. 510 ming so‘mlik jami 4 204 dona turli xildagi baliqlar nobud bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 8-oktyabr kuni Navoiy viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan «Navoiyazot» AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 196-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Navoiy viloyati prokuraturasi organlari tomonidan tergov jarayoni nazoratga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter