Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi ayanchli to‘qnashuvda ikki yo‘lovchi vafot etdi

Namangandagi ayanchli to‘qnashuvda ikki yo‘lovchi vafot etdi

Namanganda «Isuzu» bilan to‘qnashgan Damas avtomashinasining ikki yo‘lovchisi vafot etdi, haydovchi va bir yo‘lovchi shifoxonaga yetkazilgan.

Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa 17 fevral kuni «Farg‘ona xalqa» avtomobil’ yo‘lining chorrahasida sodir bo‘lgan. 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro «Isuzu»ni Namangan-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, chorrahada svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanib, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashinasiga borib urgan.

Natijada «Damas» yo‘lning chap tomoniga chiqib ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida «Damas»ning ikki yo‘lovchisi vafot etgan. Haydovchi va bir yo‘lovchi tan jarohati olgan. Isuzu haydovchisi va undagi yo‘lovchi ham shifoxonaga yotqizilgan.

Holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring