Namanganda ayanchli YTH: «Nexia» pastlikka tushib ketdi

21 yanvar kuni Namangan viloyati, Chortoq tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan S.T. «Nexia» rusumli avtomobilini boshqarayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan.
Natijada ehtiyotsizligi oqibatida pastlikka tushib ketgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter