Namanganda maktab o‘quvchisining jinoyati fosh etildi
Namanganda maktab o‘quvchisi noutbuk o‘g‘irladi. Bu xaqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar qilgan.
Shu yil, 8 noyabr sanasida, Namangan shahar, Davlatobod tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 6 noyabr kuni soat 12:00 atrofida noma’lum shaxs sinf xonasida bo‘lgan 4.000.000 so‘mlik «Fujitsu» rusumli noutbukini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tergovchisi, JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan shaxs sodir etganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021 yil 8 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter