Namanganda fuqaro tanishini suv talashish oqibatida o‘ldirib qo‘ydi

Namanganning Davlatobod tumanida noxush hodisa yuz berdi.
«Zamon» teledasturida berilgan ma’lumotga ko‘ra, ikki kishi o‘rtasida suv talashish oqibatida janjal yuz bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, «Namangan parranda» MChJga qarashli bog‘ni sug‘orayotgan fuqaro suvni tanishi to‘sib olganini bilib qoladi va u bilan mushtlashadi. Suv to‘sgan kishi bosh va tana qismidan jarohat oladi.
Keyinchalik u shifoxonaga yotqiziladi, ammo to‘rt kun o‘tib vafot etadi.
Ayblanuvchiga nisbatan JKning 104-moddasi «d» bandi bilan ish qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter