Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda ayolni urib qochgan haydovchi ushlandi

Namanganda ayolni urib qochgan haydovchi ushlandi

Illyustrativ foto

Foto: «Xabar.uz»

Namangan viloyatining Chust tumani Zarafshon mahallasi hududida 35 yoshli O‘.T. (ismli ayol)ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi ushlandi.

Hodisa oqibatida ayol jarohat olib kasalxonada vafot etgan edi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi aniqlandi.

YTHni Toshkent viloyati Qibray tumani Yangihayot ko‘chasida yashovchi, 63 yoshli N.M. ismli shaxs o‘zining boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring