Mumbayda 17 kishi devor ostida halok bo‘ldi
Hindistonning Maxarashtra shtati poytaxti Mumbayda ko‘chki natijasida 17 kishi vafot etdi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib ANI agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chki tufayli Chembur hududidagi bir qancha xaroba uylarning devorlari qulab tushgan. Natijada 17 kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohatlangan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, vayronalar ostidan 16 kishi qutqarilgan, voqea sodir bo‘lgan joyda qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter