Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimini bolta bilan urgan raisga qanday jazo ko‘rilgani aytildi

MIB xodimini bolta bilan urgan raisga qanday jazo ko‘rilgani aytildi

Foto: «Lenta.ru»

Joriy yilning yanvar oyida Qashqadaryoning Kasbi tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Majburiy ijro byurosi xodimini bolta bilan jarohatlagani haqida xabar berilgandi.

Bugun Qarshi shahrida o‘tkazilgan jurnalist va blogerlar ishtirokidagi matbuot anjumanida mahalla raisiga qanday chora ko‘rilgani haqida ma’lum qilindi, deb yozadi «Nasafnews» muxbiri.

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Odil Payanovning aytishicha, Kasbi tumani «Xo‘jaqarliq» MFY raisi B.Qilichovdan davlat foydasiga soliq qarzi va davlat boji undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha uning xonadoniga borilganida qarzdor B.Qilichov ijro harakatlarida qatnashayotgan davlat ijrochisi A.Nafasovni qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, uni bolta bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan joriy yilning 19-iyul kuni B.Qilichovga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tuman sudi tomonidan 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i 2021-yilning shu davriga nisbat MIB xodimiga kuch ishlatish bilan bog‘liq holatlar 5 ta holatda kuzatilganini aytdi.

«Shunday holatlardan yana biri Shahrisabz shahrida ham sodir bo‘ldi. Qarzdorlik undirish uchun avtomashinani olishga borganda, mashinani berishdan bosh tortib, xodimlarimizni sudrab, mashinani haydab, bostirib o‘tib ketgan», – deydi Odil Payanov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring