Metroda yana nosozlik: Toshkent metropoliteni uzr so‘radi
Joriy yil 20-iyun kuni soat 22:10 da Chilonzor yo‘nalishi Olmazor bekatidan bekat 1 tomon harakatni boshlagan harakat tarkibi mashinisti tomonidan nosozlik aniqlangan.
Yo‘lovchilar hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar Olmazor bekatida tushirilgan. Nosozlikni aniqlash maqsadida harakat tarkibi elektodepoga jo‘natilgan.
Toshkent metropoliteni UK keltirilgan nosozliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.
7-may kuni Transport vazirligi va «Toshkent metropoliteni» UK tashabbusi bilan tashkil etilgan press-turda Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev metroda yuzaga kelayotgan nosozlik sababini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter