Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mebel»chilarga ham ishonch qolmagan

«Mebel»chilarga ham ishonch qolmagan

Foto: «Newstracker»

1998-yilda tug‘ilgan, 2017-yilda sudlangan, hech qayerda ishlamaydigan, Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, hozir Mirobod tumanida yashab kelayotgan O.X. 2018-yil 17-fevral kuni soat 18:00 da jinoyatga qo‘l urdi.

«Xabar.uz»manbasi xabariga ko‘ra, u 1980-yilda tug‘ilgan, biron kasbning boshini tutmagan M.E.ni aldab, «oshxona mebeli yasab beraman» deb, 2 700 000 so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan. Mazkur firibgarlik jinoyati huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan fosh qilindi.

Hozir ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring