Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Maymun o‘chi»: qishloqda bittayam it qolmadi

«Maymun o‘chi»: qishloqda bittayam it qolmadi

Illyustrativ foto

Hindistonning Maxarashtra shtati qishloqlaridan birida maymunlar itlarni bittayam qoldirmay qirib yubordi. Bu haqda «Daily Mail» yozmoqda.

Xabarga ko‘ra, Lavul qishlog‘idagi «Maymunlar va itlar urushi» shu yilning noyabr oyi o‘rtalarida, itlar maymun bolasini o‘ldirib qo‘yganidan so‘ng, boshlangan. Ertasi kuniyoq maymunlar qarshi hujumga o‘tgan: itlar va kuchuk bolalarini uylarning tomlariga sudrab chiqib, pastga uloqtirib o‘ldiraverishgan.

Qishloq ahli O‘rmon xo‘jaligi departamentiga qotil maymunlarni tutib, vaziyatni jilovlashni so‘rab yo‘llagan arzdan biron naf chiqmadi: qishloqqa jo‘natilgan politsiyachilar bittayam maymunni tutisha olmadi. Shundan so‘ng itlarni Lavul ahlining o‘zi qo‘riqlamoqchi bo‘ldi, ammo maymunlar ularni tutishga chiqqan bir necha kishini tomdan itarib tushirib yubordi...

Bir oy ichida maymunlar jami 250 ta uy hayvonini o‘ldirdi, qishloqda bittayam it qolmagan.

Eng yomoni keyin boshlandi, endi maymunlar bolalarga hujum qila boshladi. Aftidan odamlar itlarni himoya qilgani ularning g‘azabini keltirgan. Maktabdan qaytayotgan sakkiz yoshli maktab o‘quvchisiga hujum qilgan maymunlar bir nechta erkakning aralashuvi bilan chekingani haqida xabar bor. Ayni paytda ham maymunlar hujumi bosilmagani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring