Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilonda yonayotgan «Damas» ichida haydovchi qolib ketdi

Marg‘ilonda yonayotgan «Damas» ichida haydovchi qolib ketdi

Foto: YHXBB axborot xizmati

2021-yil 14-dekabr kuni soat 20:00 larda, Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar, Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan «Yog‘du» qaxvaxonasi ro‘parasida ayanchli YHT sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1991-yilda tug‘ilgan R.X. «Damas» rusumli avtomobilni boshqarayotib, chapga burilish vaqtida ro‘paradan kelayotgan haydovchi, 2000-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan «Cobalt» rusumli avtomobilni o‘tkazib yubormaganligi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Zarb oqibatida «Damas» avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan va bundan «Cobalt» ham zarar ko‘rgan. Hodisa natijasida «Damas» haydovchisi 30 yoshli R.X. tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring