«Mana, qon qusyapti» – qiz bilan uchrashishga borgan bola ayovsiz kaltaklangani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda qamashilik deputat 11-sinf o‘quvchisini ayovsiz kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi.
Tarqalgan videoda kaltaklangan bola qon qusayotgani aytiladi.
Ushbu holat Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganilmoqda.
Qayd etilishicha, 3-noyabrdan 4-noyabrga o‘tar kechasi soat taxminan 03:00 larda Qamashi tumani Qamay mahallasida yashovchi N.P. voyaga yetmagan fuqaro Q.E.ni urib tan jarohati yetkazgan.
«Daryo» nashri bolaning otasi bilan bog‘langan.
«O‘g‘lim ham yoshlik qilgan, to‘g‘ri, buni inkor qilmayman. Ammo kap-katta odam, deputat yosh bolani o‘g‘illari bilan birikib, o‘lasi qilib urishi to‘g‘rimi? O‘g‘lim o‘lib qolsa nima bo‘lardi?», — degan bolaning otasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, farzandi deputatning nabirasi bilan uchrashuvga chiqqan.
«Deputatning uyi yopiq va kirish imkoni bo‘lmagan uy. Uning nabirasi va o‘g‘lim uchrashuvga chiqqan. Qiz o‘g‘limni uyiga kiritgan. Buni deputat ko‘rib qolgan va ikki nafar o‘g‘li bilan 11-sinf o‘g‘limni o‘lgudek kaltaklagan. O‘g‘lim qon qusgan. Hozir shifoxonada davolanmoqda, — qo‘shimcha qilgan u.
Deputat bilan telefon orqali bog‘lanib, o‘quvchini kaltaklashining sababi bilan qiziqqan muxbir esa haqorat eshitgan.
Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati hozirda Qamashi tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter