«Maktab va mahalla arig‘ida har kuni qon oqmoqda» xabariga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqda «Maktab va mahalla arig‘ida har kuni qon oqmoqda» nomli video tarqaldi.
O‘rganish natijasida yuqoridagi holat Namangan shahar, Yangi Namangan tumani sodir bo‘lgani aniqlangan. Tumandagi Ishonch MFYda joylashgan xususiy tadbirkorga tegishli «Hayvon so‘yish» shoxobchasida kanalizatsiya tarmog‘idagi nosozlik sababli, chiqindi suvlar mahalliy aholi sug‘orish tarmog‘iga toshib chiqayotgan bo‘lgan.
Hozirda xolat yuzasidan viloyat FVB, Namangan shahar Veterinariya va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza, shuningdek, kanalizatsiya xizmati xodimlari tomonidan muammoni bartaraf etilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter