Magnitogorskdagi fojia qurbonlari soni oshdi
Magnitogorskdagi uyning qulab tushgan pod’yezdi vayronalari ostidan jami 11 kishining jasadi olib chiqildi. Avvalroq qurbonlar soni to‘qqiz nafar deb e’lon qilingandi. Halok bo‘lganlarning 1 nafari yosh bola.
Rossiya FVV bergan ma’lumotga ko‘ra, yana 30 kishining qayerdaligi aniqlanmoqda.
Tunda vayronalar ostini tekshirish ishlari vaqtincha to‘xtatilib, qutqaruvchilar osilib turgan uy konstruksiyalarni olib tashlash bilan shug‘ullanishgan. Hamon qidiruv ishlar davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter