Madridda tungi klub shiftining qulashi oqibatida 26 kishi jabrlandi
Ispaniya poytaxtidagi tungi klub shifti qulab tushdi. Buning oqibatida 26 kishi jabrlandi, deb xabar berdi “Izvestiya”.
Hodisada jiddiy jarohatlanganlar bo‘lmadi. Jabrlanganlarning yarimi shifoxonaga yetkazilgan, qolgan qismi uylariga jo‘natilgan. Politsiya ish yuzasidan surishtiruv boshladi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, shiftning qulashiga kuchli vibratsiya sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter