Koreyadan turib terrorchi tashkilotni moliyalashtirgan o‘zbekistonlik ushlandi

Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir olib borilgan.
Unda 1994 yilda, Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan G‘.O ismli shaxs Janubiy Koreya davlatiga borib, u yerda «Imom al-Buxoriy katibasi» terrorchilik tashkiloti yetakchilari bilan aloqa o‘rnatib, ularning noqonuniy faoliyatini moliyalashtirib kelganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1553, 2442 -moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter