Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koma holatiga tushgan piyoda bir kun o‘tib vafot etdi

Koma holatiga tushgan piyoda bir kun o‘tib vafot etdi

Joriy yilning 10 aprel kuni taxminan soat 07:30 da Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasida ikkita yengil avtomobil va bir piyoda ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Aniqlanishicha, haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan N.R. «Spark» rusumli avtomashinani ishonchnoma orqali boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamay, yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi 1995 yilda tug‘ilgan J.G‘.ga tegishli «Spark» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan va boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda – 1983 yilda tug‘ilgan G.D. turli xil tan jarohatlari, 2-darajali koma holati tashxisi bilan kasalxonaga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 11 aprel kuni soat 02:15 da vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring