Kattaqo‘rg‘onda gaz ballon o‘rnatishdan tushgan 350,9 mln. so‘m talon-toroj qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazildi.
Unda «Kattaqo‘rg‘ontumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari o‘tgan 6 oy davomida aholiga maishiy gaz ballonlarni o‘rnatib berish evaziga undirilgan 350,9 mln so‘mni (har bir ballonni o‘rnatish 3 ming so‘m) filialning maxsus hisob raqamiga topshirmasdan, rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter