Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kapitalbank» bankomati daryodan topildi

«Kapitalbank» bankomati daryodan topildi

Joriy yilning 26 yanvar kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar tomonidan O‘rtachirchiq tumani Toshkent yo‘li ko‘chasiga o‘rnatilgan bahosi 145 mln. so‘mlik bankomat o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda «Kapitalbank» ATB amaliyot boshqaruvchisi O‘rtachirchiq tuman Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan

Mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyat O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 24 yoshli E.A., 22 yoshli S.N. va 23 yoshli Yu.D.lar tomonidan bir guruh bo‘lib sodir etilganligi aniqlangan.

Tergov davomida, qonunbuzarlardan mazkur bankomatni qayerga yashirganlari so‘ralganda, ular bankomatni temir jism yordamida buzib ochishgani, biroq bankomat ichida pul bo‘lmaganligi sababli uni Toshkent shahar Bektemir tuman hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosiga tashlab yuborishganini bildirgan.

Hozirda, ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring