Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi mansabdori pora bilan ushlandi

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi mansabdori pora bilan ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 5 aprel kuni IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, Termiz shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari G‘.N. Termiz shaharda subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiyasi mas’ul kotibligidan foydalanib, fuqaro N.ga uy-joy olish maqsadida subsidiya ajratilishi uchun yakuniy xabarnoma berish evaziga 3 mln so‘m pora talab qilib, muqaddam 1 mln so‘mini olib, qolgan 2 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring