Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxlik fuqaro «Sharqona lotto» lotereyasida 839 million so‘m pul yutib oldi

Jizzaxlik fuqaro «Sharqona lotto» lotereyasida 839 million so‘m pul yutib oldi

Foto: Xalq banki matbuot xizmati

«Sharqona lotto» lotereyasi «36 dan 6» o‘yinining 103-yutuqlar tirajida 839 126 400 so‘m yutib olgan omadli inson aniqlandi. Bu haqda Xalq banki matbuot xizmati xabar berdi.

Yutuq sohibi Yalgashev Bahromning so‘zlariga ko‘ra, u Xalq banki tomonidan tashkil etilgan «Omadlotto» va «Sharqona lotto» lotereyalarini muntazam ravishda o‘ynab keladi. Bungacha 2 va 3 kategoriyalar bo‘yicha yutuq sohibiga aylangan yurtdoshimiz  bir kun kelib Jekpot sohibi bo‘lishiga ham chin dildan ishongan.

Hamyurtimiz ushbu yutuqning bir qismini hayriya ishlariga sarf qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, yutuqning qolgan qismini esa bankka qo‘yish istagini bildirgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring