Jizzaxda sobiq sevgilisini sharmanda qilmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga tushdi
Jizzax shahrida 23 yoshli yigit sobiq sevgilisidan sir saqlanishi lozim bo‘lgan videotasvirlarni internetga chiqarib yubormaslik uchun 400 AQSh dollari so‘ragan. Bu haqda IIV tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 19 mart kuni Jizzax shahrida yashovchi 23 yoshli ayol shahar IIB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda Toshkent viloyati Piskent tumanida yashovchi sobiq yigiti uning sir saqlanishi lozim bo‘lgan videotasvirlarini internet orqali tarqatib, yaqin qarindoshlariga ko‘rsatish bilan uni qo‘rqitib, tarqatmaslik evaziga qizdan 400 dollar so‘ragan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida yigit pullarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter