Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudi raisi olamdan o‘tdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudi raisi olamdan o‘tdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi Maqsudbek Qilichev avtohalokat sabab bu dunyoni barvaqt tark etdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi. 

1978-yilda tavallud topgan M. Qilichev faoliyatini Xalq banki Xorazm viloyati Xiva filialida oddiy ishchilikdan boshlagan edi. Oliy tahsildan so‘ng fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudida kotib, Xiva tuman tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi axborot maslahat konsalting markazining huquqiy maslahatchisi, advokatlik firmasi rahbari vazifalarida ishladi.

2012-2017-yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi, vafotiga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiramiz. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring