Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyaning Sumatra orolida Sinabung vulqoni uyg‘ondi (video)

Indoneziyaning Sumatra orolida Sinabung vulqoni uyg‘ondi (video)

Foto: «Voakorea»

Indoneziyaning Sumatra orolida Sinabung vulqoni otilishni boshladi: osmonda diametri qariyb 5 kilometrli, balandligi 2,5 kilometrli ulkan kul buluti hosil bo‘ldi.

«UiTV» xabariga ko‘ra, bu vulqonning oxirgi uch kun ichida ikkincha marotaba otilishi. Vulqon uyquga ketishidan avval oxirgi marta bir yil avval otilgandi.


Mavzuga oid: Indoneziyaning Yava orolida Merapi vulqoni uyg‘ondi (video)


Hukumat odamlarga vulqonga uch kilometrgacha yaqin bormaslikni va kuldan himoyalanish uchun niqoblar taqishni tavsiya qilgan. Ayni paytda hudud aholisiga ko‘cha va dalalarni kuldan tozalashda yordam berish uchun harbiylar yuborilgan.

Ma’lumot uchun: Sinabung 400 yillik tanaffusdan so‘ng, ilk marta 2010-yilda uyg‘ongan edi. O‘shandan beri bir necha marta hudud aholisini bezovta qildi. Eng halokatli otilishlari 2014-yil (qurbonlar soni 16 kishi) va 2016-yilga (qurbonlar soni 7 kishi) to‘g‘ri kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring