Indoneziya samolyotida xunuk hodisa yuz berdi
Indoneziyaning Pekabarnu shahridan poytaxt Jakartaga uchib kelgan samolyotda xunuk voqea yuz berdi.
«Lion Air» aviakompaniyasi samolyoti salonida paydo bo‘lgan yirik chayon yo‘lovchilarni sarosimaga solib qo‘ydi. Guvohlardan biri aytishicha, chayon qo‘l yuklarini qo‘yish polkasi yuzasiga o‘rmalab chiqqan. Yaxshiyamki, hodisa samolyot qo‘nganidan so‘ng, hamma jomadonlarini qo‘llariga olayotgan paytda sodir bo‘lgan.
Olatasir tufayli aviakompaniya xodimlari chayonni tuta olishmadi. Gazanda izsiz yo‘qoldi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter