Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imom-xatib va uning oilasi o‘limi haqida rasmiy ma’lumot berildi

Imom-xatib va uning oilasi o‘limi haqida rasmiy ma’lumot berildi

Foto: FVV matbuot xizmati.

Biroz avval Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi «Hazrati Abbos» jome masjidi imom-xatibi Saidkamolxon domla Mahmudov va uning to‘rt nafar oila a’zosi is gazidan vafot etgani xabari tarqalgandi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. 

Aniqlanishicha, 21 mart kuni Qo‘qon shahar «Shikorbegi 62-sonli» MFYda 5 nafar fuqarolar vafot etgan. Ushbu xonadon tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Marxumlarning o‘lim sababini aniqlash maqsadida, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Ekspertiza natijalari olingandan so‘ng, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Mutaxassislarning o‘rganishlariga ko‘ra fuqarolar is gazidan zaharlanib vafot etganligi taxmin qilinmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  2022 yil 18 fevral kuni FVB xodimi tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan yo‘riqnomadan o‘tkazilib, maxsus daftarga imzo qo‘ydirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring