Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘quvchi qizni pana joyga tortishga uringan noma’lum erkak» hodisasi IIBB rahbariyati nazoratiga olindi

«O‘quvchi qizni pana joyga tortishga uringan noma’lum erkak» hodisasi IIBB rahbariyati nazoratiga olindi

Videodan kadrlar

Internetda «Maktabdan qaytayotgan o‘quvchi qizni noma’lum erkak kishi tupikka olishga urindi» sarlavhasi ostida kuzatuv kameralari orqali tushirilgan video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Ushbu holat 10 noyabr kuni soat 15:00 da Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Mazkur fakt bo‘yicha Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergov oldi tekshiruvlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra qonuniy chora ko‘riladi. Ushbu holat Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring