Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlarni kaltaklagani aytilgan IIB xodimlari bo‘yicha tergov boshlandi

Jurnalistlarni kaltaklagani aytilgan IIB xodimlari bo‘yicha tergov boshlandi

11-iyun kuni Toshkent shahridagi «Paxtakor» stadionida futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi chorak finali doirasida O‘zbekiston – Iroq o‘yinini yoritishga borgan «Sevimli» telekanali muxbiri va tasvirchisi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘rtasida kelib chiqqan holat o‘rganildi.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishildi.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan alohida nazorat o‘rnatildi.

Ta’kidlash joiz, Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov jurnalistlarning kaltaklanishi yuzasidan bayonot berib, unda IIB xodimlari OAV vakillarini kaltaklaganini rad etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring