Hindistonda yuzdan ziyod qo‘y-echkilarni yashin urdi
![Hindistonda yuzdan ziyod qo‘y-echkilarni yashin urdi](https://static.xabaruz.com/crop/6/1/720_460_95_617102306.jpg)
Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida chaqmoq urishidan kamida 107 ta qo‘y va echki nobud bo‘ldi. «NDTV» telekanali xabariga ko‘ra, hodisa Rajuri tog‘li tumanida sodir bo‘lgan.
Chorvaga yoppasiga qirg‘in kelishi o‘tgan haftaning oxirida yuz bergan. Telekanal yozishicha, qo‘y-echkilar Bavervallar oilasiniki edi. Ta’kidlanishicha, bu yil qo‘y-echkilarning yashin urishidan nobud bo‘lishi ilk marotaba kuzatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter