Haydovchi piyodani urib yuborib voqea joyidan qochib ketdi. Lekin...

2020-yil 27-avgust kuni soat 23:45 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan «Qurolli kuchlar akademiyasi» qarshisida 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi S.J. «Neksiya-3» rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib ushbu ko‘chada xizmat olib borayotgan YPXB Maxsus batalon 2-safarbar guruhi inspektori D.Abdullayevning to‘xtash ishorasiga amal qilmasdan harakatini davom ettirgan. KXAY-Parkent ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan YPXB Maxsus batalon inspektori Sh.Tuklibayevning ham to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgan. Yuqori tezlikda harakatlangani uchun Parkent ko‘chasi 69-uy qarshisida tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan va YTH joyidan yashiringan. Avtomobilni esa Toshkent viloyati, Qibray tumani, Gulbog‘ MFY, Gulbog‘ ko‘chasiga tashlab ketgan.
Joriy yilning 28-avgust kuni soat 13:00 larda haydovchi S.J. o‘z aybiga iqror bo‘lib, IIBga murojaat qilgan va YTH joyiga qaytib kelgan.
YTH natijasida piyoda (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) Yevropa millatiga mansub, yoshi taxminan 65-70 larda bo‘lgan erkak kishi olgan tan jarohatlari oqibatida YTH joyida vafot etgan.
Ma’lumot o‘rnida haydovchi S.J. bir yil mobaynida 4 marotaba ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter