«Formani xor qildi»: Qashqadaryoda YPX xodimi haydovchi bilan yoqalashdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Mana komandirning ahvoli, formani xor qildi» nomli videolavha tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tuman hududidan o‘tuvchi «Yakkabog‘-Sho‘rbozor» avtomobil yo‘lining 69-kilometrida, shu hududda xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati inspektori tomonidan «Neksiya-2» rusumli transport vositasi fuqaro U.U. tomonidan hujjatlarsiz boshqarilayotgani aniqlangan.
Huquqbuzarlik holati tegishli tartibda rasmiylashtirib, avtotransport jarima maydoniga olib borilishi zarurati tug‘ilganda, haydovchi YPX inspektori talablariga bo‘ysunmagan, yuzaga kelgan ziddiyatdan foydalanib, transport vositasida voqea joyidan yashiringan.
Hozirda fuqaro U.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinasi jarima maydoniga joylashtirilgan.
O‘z navbatida yo‘l-patrul xizmati inspektorining harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida o‘rnatilgan tartibda xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter