Gulistonlik erkak o‘zidan 11 yosh katta xotinini urib o‘ldirib qo‘ydi
Guliston shahrida istiqomat qiluvchi 39 yoshli S. X. o‘zidan 11 yosh katta xotini Z. Sh.ning umiriga zomin bo‘ldi.
Sha’riy nikoh asosida yashab kelgan juflik 2020-yilning 15-sentyabr kuni allamahalgacha spirtli ichimlik iste’mol qilishadi. Ayni jarayonda ikki o‘rtada janjal chiqib, erkak ayolning turli joylariga qo‘li bilan urib tan jarohati yetkazadi. Ne fojeakim, ayol olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, holat bo‘yicha Guliston shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishlilik bo‘yicha Guliston shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter