Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistonda YHXB xizmat mashinasi avariyaga uchradi

Gulistonda YHXB xizmat mashinasi avariyaga uchradi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Gulistonda «GAI» xizmat mashinasi «Mersedes» va «Niva» to‘qnashdi» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha tarqalib, unda svetafor qizil chirog‘idan o‘tib ketgan YHXB xizmat mashinasi zarb bilan urilishi natijasida «Niva» ag‘darilib ketganligi aytilgandi. Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Qayd etilishicha, 2020-yil 7-noyabr kuni soat 08:20larda, Sirdaryo viloyati IIB Navbatchilik qismidan, Guliston shahar hududida IIB xodimi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l-transport xodisasi sodir etilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Kelib tushgan xabarga ko‘ra, Guliston shahar Guliston ko‘chasi hamda O‘zbekiston shox ko‘chasi kesishmalarida Guliston shahar IIO FMB YHXB ga tegishli «Mercedes Ye-240» rusumli 20 737 VSF davlat raqam belgili avtomashinasi bilan oq rangli «Lada 4x4» rusumli 20Y 717 BA davlat raqam belgili avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida avtomashinalar turli xil ko‘rinishda texnik shikastlangan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida «Lada 4x4» rusumli avtomashina haydovchisi va avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro tan jarohati olib, RShTYoIM Sirdaryo filialining tez yordam bo‘limiga murojaat qilishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv hamda Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring