«Gaz quyish shoxobchasida janjal» videosiga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Ohangaronda, metan gaz quyish shoxobchasida janjal kelib chiqdi» sarlavhasi bilan video xabar tarqalib, jamoatchilik orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi.
O‘rganishlar natijasida, voqea avtomobillarga gaz quyish jarayoni yoki u yerda navbat talashgan haydovchilar bilan bog‘liq emasligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, holat Ohangaron tumani «Shodmalik» mahallasida o‘tkazilgan to‘y marosimida sodir bo‘lib, xonadonga mehmon sifatida kelgan kuyovning jo‘ralari va kelinning sinfdosh do‘stlari tadbirda o‘zaro tortishib qolganlar.
Shundan so‘ng, ular to‘y bo‘layotgan xonadon yaqinida joylashgan, hozirgi kunda ta’mirlash ishlari sabab ish faoliyatida bo‘lmagan gaz quyish shoxobchasi hududiga o‘tib, bir birlari bilan urishib, janjallashganlar.
Ushbu voqea yuzasidan hududiy ichki ishlar bo‘limiga biror xabar kelib tushmagan.
Hozirda, janjalda ishtirok etganlarning barchasi o‘rnatilgan tartibda jinoyat ishiga jalb etilib, tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi, 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter