Samara fojiasi: FVV ahvol yuzasidan bayonot berdi

FVV Rossiyaning Samara viloyatida sodir bo‘lgan va uch o‘zbekistonlikning o‘limi bilan tugagan YTH borasida ma’lumot berdi.
Eslatib o‘tamiz, to‘qnashuvda 7 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 4 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.
Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda vafot etgan va jabrlangan fuqarolarimizni vatanga olib kelish yuzasidan kerakli barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Favqudodda vaziyatlar vazirligi Rossiya Federatsiyasining tegishli tashkilotlari bilan bu borada yaqindan hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Rossiyaning Penza viloyatidagi YTHda jami sakkiz kishi qurbon bo‘lgan va marhumlar Urganch shahriga keltirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter