FVV aholini ogohlantirdi
Joriy yilning 18-mart kunidan 20-mart kuniga qadar Respublikamizning ayrim hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s dan 23-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarimizdan kuchli shamol vaqtida zaruratsiz tashqariga chiqmaslikni tavsiya etdi. Avtomobil egalaridan avtomobillarni daraxtlardan uzoqroqqa qo‘yishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani markazida kuzatilayotgan kuchli shamol bino va uy-joylarning tomlarini uchirib ketgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter