Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mansabdor nomidan pora undirish tibbiyot xodimiga qimmatga tushdi

Mansabdor nomidan pora undirish tibbiyot xodimiga qimmatga tushdi

Buxoroda fuqaroni shifokorlikka ishga joylashtirish evaziga boshqa bir mansabdor nomidan pora undirgan shaxs huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, deya ma’lum qilmoqda «Xabar.uz» muxbiri.

Ta’kidlanishicha, Buxoro shahrida yashovchi 39 yoshli ish va o‘qish tajribasiga ega F.R.  44 yoshli tibbiyot xodimi N.L.ga ishga joylashish masalasida murojaat qilgan. N.L. ushbu vaziyatdan shaxsiy manfaat ko‘zlab, o‘zining tanishi bo‘lgan SSV Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatining viloyat bo‘yicha boshlig‘i Yu.I. orqali F.R.ni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga shifokor vazifasiga ishga kiritishni va’da qilgan. Va xizmati evaziga undan 1 500 AQSh dollari miqdorida pora berishini talab qilgan. F.R. o‘zida buncha mablag‘ yo‘qligini, ish izlab yurganini tushuntirishga urinishiga qaramay, N.L. undan pora talab qilishda davom etavergan.

F.R. bu vaziyatda huquq-tartibot idoralari xodimlariga holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Ariza yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tibbiyot xodimi fuqaro F.R.dan 1500 miqdoridagi AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Hozirda Bosh prokurratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan N.L. nisbatan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168- (Firibgarlik), 28- (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211- (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring