Farg‘onalik qiz o‘quv markaziga o‘g‘irlikka tushdi
Farg‘onalik qiz Yo.S. Farg‘ona shahridagi Sayilgoh ko‘chasida joylashgan o‘quv markazida qarovsiz qoldirilgan, narxi 2000 dollarlik kompyuterni o‘g‘irlab ketgan.
Bu haqda jabrlanuvchi tomon 31 mart kuni IIBga murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Farg‘ona shahrida yashovchi Yo.S. ismli qiz sodir etgani 15 aprel kuni aniqlangan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter